Iqtisodiyot | 16:53 / 29.03.2018
34528
2 daqiqa o‘qiladi

Qudratxo‘jayev: Soliq sohasida inqilob bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Xalqaro Press-klub

Yaqin orada soliq sohasida inqilobga poydevor qo‘yilishi kutilmoqda. Xalqaro Press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev 2018-2020 yillarga mo‘ljalllangan soliq islohoti konsepsiyasining ochiq muhokamasida shunday fikrlarni bildirdi.

“Bugun soliq sohasida inqilobga poydevor qo‘yilishi kutilmoqda. Bugungi biznes qanday bo‘lsa, ertangi mamlakat shunday bo‘ladi. O‘zbekistonda turmushimizning barcha sohalarini yaxshilash borasida tizimli islohotlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Mamlakatni modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri esa, iqtisodiy sohani, birinchi galda soliq tizimini isloh qilishdan iborat”, - dedi XPK rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev. 

Uning fikricha, o‘zgarishlar davrida O‘zbekiston soliq tizimi islohoti mamlakatda biznes yuritish uchun qulay sharoit yaratish barobarida davlat byudjyetini to‘ldirish vazifasini ham uddalashi kerak. 

“Tushunarli, shaffof va yengil soliq stavkalari kichik va o‘rta tadbirkorlik sub'yektlari uchun biznes yuritishni yengillashtiradi. Bu, o‘z navbatida yangi biznes loyihalarga turtki berishi, soliq yig‘imlarini osonlashtirish kerak”, - dedi Sh.Qudratxo‘jayev “O‘zekspo” MKKda bo‘lib o‘tgan Soliq konsepsiyasi muhokamasida.  

Mavzuga oid