Sport | 20:00 / 01.04.2018
37894
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng sovrindor futbolchisi ma'lum bo‘ldi

Foto: TASR/AP

Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» klubi himoyachisi Dani Alves futbol tarixidagi eng sovrindor futbolchiga aylandi. Bu haqda MisterChip statistik tvitter akkaunti xabar tarqatdi.

31 mart kuni Alves parijliklar bilan birga Fransiya liga kubogida zafar quchdi. Finalda poytaxt jamoasi «Monako»dan 3:0 hisobida ustun keldi. Bu esa Alvesning professional futbolchi sifatida rasmiy 36-sovrini bo‘ldi. Natijada u 35tadan sovrin yutgan britaniyalik Kenni Dalglish va Rayan Giggzni ortda qoldirdi.

Braziliyalik futbolchi «PSJ» safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Bungacha u «Yuventus» va «Barselona» jamoalarida to‘p surgan, ayniqsa Kataloniyada u ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Alves olti karra Ispaniya chempioni, karra Ispaniya Kubogi va Superkubogi sohibi sanaladi. Bundan tashqari uch karra Yevropa chempionlar ligasi, UYeFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi JChda g‘olib chiqqan.

34 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasi bilan Amerika Kubogida va ikki marta Konfederatsiyalar kubogida zafar quchgan.

Mavzuga oid