Jahon | 16:09 / 02.04.2018
19637
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml yana Skripal ishi bo‘yicha bayonot berdi

Foto: AP

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning yana bir marta ma'lum qilishicha, Rossiyaning Skripal ishiga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, tashqi ishlar vazirligidagi mening hamkasbim Mariya Zaxarova, o‘zimning ikki haftadan beri aytayotgan so‘zlarimizni yana bir marotaba eshitib ko‘ring. Biz barcha darajalarda rasman ma'lum qilmoqdamiz: Rossiyaning Skripal ishiga hech qanday aloqasi yo‘q», - deya aytib o‘tdi Peskov.

U jurnalistlarning Kreml Sergey Skripalga qarshi zaharlovchi moddadan foydalanishni ma'qullagani haqidagi xabarlarga izoh berish bo‘yicha murojaatiga shunday javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya elchixonasi xodimlari Yuliya Skripalning oldiga kirishmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid