Fan-texnika | 15:10 / 02.04.2018
11752
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram Rossiya FXXga shifrlash kalitlarini berish nega imkonsizligini tushuntirdi

Foto: KUN.UZ

Telegram huquqshunoslarining Roskomnadzorga xabar berishicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining shifrlash kalitlarini taqdim etish bo‘yicha talablarini bajarish imkonsizdir. Bu haqda RIA «Novosti» kompaniya yuristi Dmitriy Dinzaga asosan xabar bermoqda.

«Servis ma'muri amaldagi tuzilma sharoitida hech qanday shartda qabul qilinuvchi, uzatiluvchi, yetkaziluvchi va qayta ishlanuvchi elektron xabarlarni qayta kodlash imkonini beruvchi ma'lumotdan foydalana olmaydi», - deyiladi Telegram rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram internet-messenjeri Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Rossiyada xabarlarni shifrdan ochish bo‘yicha kalitlarni berishdan bosh tortganlik uchun 800 ming rubl miqdorida jarima belgilangani yuzasidan shikoyat bilan chiqqandi.

Mavzuga oid