Jahon | 16:24 / 05.04.2018
11736
2 daqiqa o‘qiladi

Karlovning qotili "kuratori" qo‘lga olindi

Foto: aa.com

Rossiya Federatsiyasining Anqaradagi elchisi Andrey Karlovning o‘limi bo‘yicha Turkiyaning Axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasining sobiq xodimi qo‘lga olindi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Karlovning qotilining "kuratori" - Fathulloh Gyulen oqimiga qarashli Mavlut Mert Oltintosh bo‘lgan. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi

Anqaradagi Rossiya elchisi Andrey Karlovga 2016 yilning 19 dekabrida "Rossiya turklar nigohida" ko‘rgazmasining ochilishida hujum uyushtirilgan. Hujumni amalga oshirgan shaxs politsiya operatsiyasi davomida hayotdan ko‘z yumgan. Rossiya elchisi olingan jarohatlar natijasida jon bergan.

Rossiyalik diplomatning joniga qasd qilish bo‘yicha tergov ishlari doirasida bugunga qadar bir necha kishi, shu jumladan 3 nafar politsiya xodimi qo‘lga olingan. Ular orasida Guru media-guruhi rahbari Xayruddin Oydinbosh va RF elchisi o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisi - Mustafo Temur O‘zkan ham bor. 

 

Mavzuga oid