O‘zbekiston | 01:01 / 05.04.2018
12802
2 daqiqa o‘qiladi

“Ziyorat” turizmi doirasida londonlik sayyohlar O‘zbekistonga kelishdi

Foto: MAK matbuot xizmati

Bugun, 4 aprel kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK ziyorat turizmi doirasida HY202 reysi bilan bir guruh sayyohlarni Londondan Toshkentga olib keldi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda .

Kelib chiqishi bangladeshlik bo‘lgan sayyohlarni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida MAK vakillari hamda ommaviy axborot vositalari kutib olishdi.

Foto:MAK matbuot xizmati

Mehmonlar qisqa ekskursiya safari davomida Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarining tarixiy diqqatga molik joylarini, shuningdek, O‘zbekistondagi Islom dinining muqaddas joylarini ziyorat qilishdi.

Foto:MAK matbuot xizmati

- Ajoyib mamlakatingizda o‘zgacha ruh bilan saqlanib kelinayotgan me'moriy yodgorliklar, qadimiy ana'nalar va urf-odatlaringiz haqda ko‘p eshitganmiz va, ayniqsa, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi haqda, - dedi jurnalistlar bilan suhbatda sayohat tashabbuschisi, guruh yetakchisi, Manchester universiteti o‘qituvchisi Mahsud Afzal. – Biz azaldan o‘lkangizga kelish va u bilan tanishishni istar edik. Bugun ana shunday imkoniyat tug‘ilib turganidan bag‘oyat xursandmiz.

Foto:MAK matbuot xizmati

Mavzuga oid