Jamiyat | 20:34 / 06.04.2018
9543
2 daqiqa o‘qiladi

Agrar universiteti Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda 

Ma'lumki, respublikada keyingi yillarda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha Respublika Hukumati tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilyapti.

Hozirgi kunda respublikada baliqchi-ixtiolog, gidrobiolog, baliqchi seleksioner, servis xizmatini ko‘rsatish, ixtiopatolog, xorij texnologiyasi asosida sovuq suvda yashovchi baliqlarni iqlim sharoitimizga moslashtirish, yetishtirilgan baliqchilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kabi sohalarda tadbirlarini olib borishda kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat texnika universitetining rektori N.Nevalyonniy boshchiligidagi 4 kishidan iborat delegatsiya joriy yilning 4-5aprel kunlari Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Tashrif doirasida Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan tanishildi va O‘zbekiston Respublikasida baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish uchun universitet bazasida Astraxan davlat texnika universitetining filialini ochish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent davlat agrar universiteti rektori tomonidan Astraxan davlat universiteti bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun bu filialning ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashi ta'kidlab o‘tildi.

Mavzuga oid