APL. «Manchester Yunayted» superkambek bilan «Siti» chempionligini kechiktirdi
Angliya Premer-Ligasi 33-turida Manchester derbisi o‘tkazildi.
«Manchester Siti» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. Agar «shaharliklar» o‘yinda g‘alaba qozonganida, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirgan bo‘lishardi.
Birinchi bo‘limda «Siti» Kompani va Gyundogan gollari evaziga ikkita to‘p farqi bilan hisobda oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘limda «MYu» vaziyatni butunlay o‘zgartirib yubordi. Oldiniga 2 daqiqa ichida Pogba hisobni tenglashtirdi. Smolling esa karaxt ahvolda qolgan mezbonlar darvozasiga 3-golni yo‘lladi.
Natijada, «Siti» chempionligi boshqa o‘yinga qoldi.
APL, 33-tur
Manchester Siti – Manchester Yunayted 2:3
7 aprel, «Etixad Stedium»
Gollar: 1:0 – 25 Kompani, 2:0 – 30 Gyundogan, 2:1 – 53 Pogba, 2:2 – 55 Pogba, 2:3 – 69 Smolling.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Kompani, Danilo, Sterling, Gyundogan (Aguero, 76), Bernardu Silva (Gabriel Jyezus, 72), Silva (de Bryuyne, 72), Sane, Fernandino, Delf.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Smolling, Valensiya, Yang, Pogba, Matich, Lingard (Maktomini, 85), Errera, Sanches (Reshford, 82), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Errera (37), Lukaku (45), Sterling (63), Fernandino (79), Aguero (79), Pogba (81).
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024