O‘zbekiston | 08:17 / 09.04.2018
8118
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda davlat ro‘yxatiga olingan oilaviy korxonalar soni aytildi

Foto: O‘zA

Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan oilaviy korxonalar soni - 2018 yilning 1 aprel holatiga 13275tani tashkil etib, ulardan 12695tasi yoki 95,6% faoliyat yuritadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarida aytilgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda davlat ro‘yxatidan o‘tganlarning hamda faoliyat ko‘rsatayotganlarning umumiy soni o‘rtacha 28,1%ga oshganligini ta'kidlash lozim.

Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari kesimida qaralganda oilaviy korxonalarning 37,6% yoki 4775tasi sanoat, 20,8% yoki 2642tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 15,4% yoki 1949tasi savdo, 11,8% yoki 1496tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 1,4% yoki 182tasi qurilish, 1,3% yoki 159tasi axborot va aloqa, 1,1% yoki 143tasi tashish va saqlash, 0,9% yoki 121tasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 9,7% yoki 1228tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavzuga oid