Jamiyat | 10:08 / 10.04.2018
20855
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda xavfsizlik qoidasiga rioya qilmaslik fojiaga olib keldi

Xorazm viloyatining Shovot tumanida fojia yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 8 aprel kuni soat 18.20larda, A.Yassaviy mahallasida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan K.Q. uyi hovlisida “KAMAZ” yuk avtomashinasi g‘ildiragi shinasiga kompressor orqali havo urayotganida temir ushlagich chiqib ketib, uni yuz qismiga tekkan. 

Natijada K.Q. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

 

Mavzuga oid