Sport | 09:21 / 10.04.2018
7088
1 daqiqa o‘qiladi

Politsiya Meyvezerning kortejiga hujum qilishda gumonlanuvchilarni aniqlay olmayapti

Foto: REUTERS

Atlanta politsiyasi amerikalik bokschi Floyd Meyvezer bo‘lgan kortejga hujum qilish holati bo‘yicha gumonlanuvchilarni topa olmayapti.

BoxingScene portalining xabar qilishicha, ayni damda huquqni muhofaza qiluvchi organlar Meyvezer kortejiga hujumni avvaldan rejalashtirilgan deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, hujum qilganlarning maqsadi va sabablari hozirgi paytda politsiyaga ma'lum emas. Shuningdek ta'kidlanishicha, Meyvezerning o‘zi hozircha hujum qilish ishi yuzasidan ko‘rsatmalar bermadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Atlanta shahrida amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning korteji noma'lum kishilar tomonidan o‘qqa tutilgani xabar berilgandi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, kortej tungi klubdan mehmonxonaga qaytayotgan bo‘lgan. Otishma oqibatida bokschining tansoqchilaridan biri oyog‘idan jarohat olgan. 

 

Mavzuga oid