Jahon | 10:54 / 13.04.2018
18548
2 daqiqa o‘qiladi

Trampni mafiyachi bilan tenglashtirishdi

Foto: AP

FTB sobiq rahbari Jyeyms Komi o‘z memuarlarida AQSh prezidenti Donald Trampni mafiyachi bilan tenglashtirdi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Komining o‘z kitobida ma'lum qilishicha, Tramp xudbin bo‘lib, boshqalardan «shaxsiy sodiqlikni» talab etadi.

Shuningdek, Komining bildirishicha, Tramp «ashaddiy yolg‘onchi bo‘lib, o‘z atrofida muqobil reallikni yaratib olgan».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FTB direktori sobiq o‘rinbosari Endryu Makkeyb ishdan bo‘shatilishiga AQSh prezidenti Donald Trampning mahkamaga urush e'lon qilgani sabab bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi. «Meni ajratib qo‘yishdi hamda men bilan qanday o‘rin tutganim, qanday harakatlarni amalga oshirganim va FTB sobiq rahbari Jyeyms Komi bo‘shatilganidan so‘ng qanday hodisalarga guvoh bo‘lganimdan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lishdi», - deya aytib o‘tgandi Makkeyb.

 

Mavzuga oid