Fan-texnika | 08:40 / 15.04.2018
15255
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Atlas V raketasi fazoga uchirildi 

Foto: U.S. Air Force Photo

AQShning Kanaveral burnidagi kosmodromdan AQSh harbiy-havo kuchlarining koinot qo‘mondonligi missiyasini bajaruvchi Atlas V raketasi fazoga uchirildi. Bu haqda parvozni boshqaruvchi United Launch Alliance (ULA) kompaniyasi ma'lum qildi.

Yangi konfiguratsiyadagi raketa geostatsionar orbitaga 3,8 tonnalik yuk olib chiqishga qodir bo‘lib, orbitaga CBAS (Continuous Broadcast Augmenting SATCOM) harbiy aloqa sun'iy yo‘ldoshi va EAGLE (ESPA Augmented GEO Laboratory Experiment) koinot qurilmasini olib chiqadi. 

Raketa qurilmalarni parvoz startidan 7 soat o‘tgach Yer ekvatoridan 39 ming balandlikdagi geostatsionar orbitaga yetkazadi.

Mavzuga oid