Poroshenko MDH mamlakatlari bilan qator kelishuvlarni bekor qilishga qaror qildi
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko hukumatga MDH mamlakatlari bilan qator kelishuvlarni bekor qilish vazifasini topshirdi. Bu haqida dushanba kuni Ukraina prezidentining Oliy radadagi vakili Irina Lutsenko mamlakat parlamentidagi muvofiqlashtirish kengashida ma'lum qildi.
"Oliy bosh qo‘mondon hukumatni MDH mamlakatlari o‘rtasidagi barcha ko‘p tomonlama kelishuvlar inventarizatsiyasini o‘tkazishga chaqirdi, bundan maqsad pragmatik jihatdan Ukrainaga zarur bo‘lganlarinigina qoldirib, qolganlarini bekor qilish. Masalan, diplomlarni tan olish to‘g‘risidagi kelishuv, bandlikni tan olishga doir bitim, tranzit kelishuvi va Ukraina iqtisodiyoti faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa shartnomalar o‘z kuchini saqlab qoladi", - deydi u.
Mavzuga oid
20:07
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasini nega o‘zgartirganini tushuntirdi
18:42
Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida qatnashmaydi
18:17
Frontdagi vaziyat: Kursk oblastida tomonlar navbatma navbat qarshi hujumga o‘tmoqda
15:24