Jahon | 09:51 / 17.04.2018
28040
4 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Suriyaga uchirilgan raketalarning uchdan ikki qismi urib tushirildi

Foto: russianembassy

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 14 aprel kuni Suriyaga uchirilgan raketalarning uchdan ikki qismi urib tushirilganini tasdiqladi. U bu haqda dushanba kuni BBC kompaniyasiga bergan intervyusida aytdi.

"Sizlar faqat iste'mol qilib ko‘rib, bu puding ekanini tushunasizlar, - deya ta'kidlab o‘tdi vazir. – Biz bu “aqlli raketalar”dan foydalanilishini kutgandik".

"Hujumda qo‘llanilgan raketalarning uchdan ikki qismi o‘z nishoniga borib yetmadi, sababi urib tushirildi, - deya aytib o‘tdi Lavrov. – Rossiyalik harbiylar dalillar taqdim etdi, bu professional bahs-munozara uchun ochiq narsa".

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik va amerikalik harbiylar Suriya bo‘yicha dekonflikting kanalini so‘nggi vaqtda o‘zaro ushlab turdi.

"Bizning harbiylar ma'lumotiga ko‘ra, mojarosizlik kanali bu vaqt davomida foydalanildi. Moskva va Vashington o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa kanali bor, shuningdek Suriyada mavjud. O‘ylashimcha, harbiylar AQShning bu harakatlari va boshqa masalalarni juda professional tarzda muhokama qilishdi, ular bir birini yaxshi tushunadi va shunday holat qanday xavfga ega ekanini ham biladi", - dedi Lavrov.

Lavrov Rossiya va AQSh harbiy keskinlikka juda yaqin bo‘lgani haqidagi fikrga qo‘shilmadi. "Bu bizning g‘arbdagi hamkasblarimiz xatti-harakati tufayli yuz bergan vaziyat edi, ular Suriya hukumati va ittifoqchilar sifatida bizni oddiy aholiga qarshi kimyoviy quroldan foydalanishda ayblashdi, bunda Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot ekspertlari hattoki Dumadagi voqea joyini ham ko‘zdan kechirishga ulgurmadi, - deya qayd etib o‘tgan RF TIV rahbari. – KQTT ekspertlari Bayrutdan Suriyaga chiqib ketishga tayyor turganida, ular [AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya] bombardimon qildi".

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu inqirozga yechim “uni yaratganlarga bog‘liqdir”.

RF TIV rahbari zarbalardan maqsad rejimni o‘zgartirish ekani haqidagi gap-so‘zlarga ishonmadi. "Ular shunday dedi, - deya ta'kidlab o‘tdi Lavrov. – Biroq biz buni qabul qilmaymiz. Bizga dalillar kerak".

"Highly likely" ("ehtimolga juda yaqin") – bu kulgili, bu Britaniya diplomatiyasi ixtirosi, u kimnidir nimadadir ayblashda qo‘l keladi", - dedi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday "adolat" Lyuis Kerrollning "Alisa mo‘'jizalar mamlakatida" kitobida ham tasvirlangan.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriya mudofaa imkoniyatini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan barcha qadamlarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bunda hattoki S-300 zenit raketa tizimlari ham yetkazib berilishi mumkin.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin S-300ni yetkazib berish to‘g‘risidagi masalani ko‘tardi. Uning eslatishicha, bir necha yil avval sheriklarning iltimosi bilan Suriyaga S-300ni yetkazib bermaslikka qaror qilgandik", - deya aytib o‘tdi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, AQSh, Fransiya hamda Buyuk Britaniya tomonidan “bunday tajovuzkorlik akti” Rossiyani Suriyada xavfsizlikni ta'minlash yo‘llari haqida o‘ylashga majbur qilmoqda. "Suriya armiyasiga tajovuzkorlikni bosib turishda yordam berish uchun biz barcha kerakli qadamlarni ko‘rib chiqishga tayyormiz", - deya aytib o‘tdi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov Rossiya va G‘arb munosabatlariga baho bergandi.

Mavzuga oid