Jahon | 10:16 / 20.04.2018
19070
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda oliy jazoga hukm qilingan eng keksa inson qatl etildi

Foto: Reuters /Jenevieve Robbins

AQShning Alabama shtatida mamlakat tarixida oliy jazoga hukm qilingan eng keksa inson qatl etildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

83 yoshli Uolter Mudi 1989 yilda portlashlar seriyasini amalga oshirishda aybdor, deb topilgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Mudiga o‘limga olib keluvchi inʼeksiya yuborilgan va so‘nggi so‘zni aytish huquqi taqdim etilmagan.

Mudi 1989 yilda okrug sudyasi Robert Vens va fuqarolik huquqlari bo‘yicha advokat Robert Robinsonga bombalar yuborgan. Portlovchi qurilmalar ishga tushgan hamda har ikkisining o‘limiga olib kelgan.

Mudi o‘lim jazosiga hukm qilinganlar kamerasida 20 yil o‘tkazdi va shu vaqt davomida o‘z aybsizligini isbotlashga harakat qildi.

 

Mavzuga oid