Yerevanda qo‘lga olingan namoyishchilar soni 217 kishini tashkil qildi
Armaniston huquq-tartibot idoralari xodimlari Armaniston bosh vaziri etib sobiq prezident Serj Sargsyan saylanganiga qarshi 20 aprelda Yerevanda norozilik bildirgan 217 namoyishchini ushladi. Bu haqda politsiya vakili Edgar Janoyan ma'lum qildi.
Avvalroq 183 namoyishchi ushlangani ma'lum qilingan.
“Ayni vaqtda politsiya bo‘limiga 217 kishi yetkazildi”, deb aytgan Janoyan.
Ma'lum qilinishicha, namoyishchilar Yerevan ko‘chalarini to‘sishga urinishlari sababli qo‘lga olinmoqdalar. Ushlanganlar orasida yo‘llarda tirbandlik hosil qilmoqchi bo‘lgan haydovchilar ham bor.
Namoyishlarga boshchilik qilayotgan deputat Nikol Pashinyanning aytishicha, namoyishchilar navbatdagi mitingni soat 19.00da (Toshkent vaqti bilan 20.00da) o‘tkazishmoqchi bo‘lgan.
Avvalroq Pashinyan yo‘llarni yuk mashinalar bilan to‘sish boshlanishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, agar bu reja amalga oshsa, “baxmal inqilob”ni yakunlashga bir necha kungina qoladi.
Noroziliklar 13 apreldan boshlangan. Muxolifat Sargsyanni mamlakatni samarasiz boshqarishda va iqtisodiy vaziyatning yomonlashishida ayblamoqda. Namoyishlarga qaramasdan, Sargsyan 17 aprelda bosh vazir etib saylandi.
Mavzuga oid
08:11 / 01.08.2024
Rossiya chegarachilari Yerevan aeroportini rasman tark etdi
10:41 / 13.06.2024
Yerevanda politsiya parlament oldidagi namoyishchilarni shovqinli granatalar bilan tarqatdi - fotosuratlar
09:06 / 27.05.2024
Yerevanda namoyishchilar Pashinyanning iste’fosini talab qildi
15:23 / 13.05.2024