Vagon oshxonasidagi xufiyona mahsulotlar nima edi?
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovar moddiy boyliklarini olib o‘tish bo‘yicha amaldagi qonunchilik soddalashtirildi. Biroq ushbu yengilliklarni suiiste'mol qiladigan fuqarolar ham, afsuski, uchrab turibdi.
Binobarin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Volgograd-Toshkent” yo‘lovchi poyezdining restoran vagoni bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, fuqaro S.R. va A.T.lar tomonidan vagonning muzlatkich qismining orqa tomoniga xufiyona tarzda yashirilgan jami 1300 quti “Parliament” nomli tamaki mahsulotlari hech qanday hujjatlarsiz Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinayotganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bojxona xodimlarining hushyorligi sababli olg‘ir “tamakifurush”larning qilmishlari fosh etilib, ular amaldagi qonunchilik bo‘yicha tegishli ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3512 sonli Qaroriga muvofiq tamaki mahsulotlarini bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan olib kirish miqdori 10 quti etib belgilangan.
Mavzuga oid
14:49 / 15.08.2024
Bojxona qo‘mitasi eng ko‘p import qilinadigan mahsulotlarni onlayn ko‘rish imkoniyatini ishlab chiqdi
12:29 / 07.07.2023
Toshkentda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 3,3 mlrd so‘mlik sigaret yo‘q qilindi
19:48 / 27.12.2022
21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanmoqda
18:13 / 19.08.2022