Fan-texnika | 12:01 / 21.04.2018
6507
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi eng yirik mobil operatorlar o‘zaro til biriktirishda gumonlanmoqda

Foto: Getty Images /Eric Thayer

AQSh Adliya vazirligi to‘rtta eng yirik mobil aloqa operatorini o‘zaro til biriktirishda gumonlamoqda. Bu haqda CNBC o‘z manbalariga asosan xabar berdi.

Ularning ma'lumotiga ko‘ra, mahkama joriy yilning fevral oyida AT&T, Verizon, T-Mobile va Sprint operatorlariga xat yuborgan.

Adliya vazirligining gumoniga ko‘ra, ular operatorni SIM-kartasiz  o‘zgartirish imkonini beruvchi texnologiyalar bozorga kirib kelishiga xalaqit berish maqsadida o‘zaro til biriktirgan.

The New York Times ma'lumotiga ko‘ra, surishtiruv ishlari mobil qurilma ishlab chiqaruvchilaridan biri va operatorlardan biri shikoyat bilan chiqqanidan so‘ng boshlangan.

 

Mavzuga oid