Jahon | 19:04 / 23.04.2018
12889
2 daqiqa o‘qiladi

Keyt Middlton uchinchi farzandini dunyoga keltirdi

Foto: Reuters

Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton uchinchi farzandini dunyoga keltirdi. Tug‘uruq jarayoni Londondagi Sent-Meri shifoxonasining «Lindo» akusherlik bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Tongdan boshlab bino oldida mahalliy aholi vakillari bo‘lajak farzandning jinsini birinchi bo‘lib bilish maqsadida yig‘ildi. Angliyaliklar tadbirga katta mas'uliyat bilan yondashishdi, maxsus liboslarni avvaldan tayyorlab qo‘yishdi.

Hozir Sent-Meri yonidagi ko‘chada ro‘y berayotgan voqealar festivalni eslatib yuboradi: bo‘lajak vorisning tavalludiga o‘zining aloqadorligini bildirish bo‘yicha eng keng tarqalgan g‘oyalar orasida milliy bayroq rangidagi kostyumlar, erkak va ayol jinsidagi qo‘g‘irchoqlar, shuningdek qirollik oilasi fotosuratlari bo‘lgan plakatlar bor.

Londonda shahzoda Uilyam va Kembrij gersoginyasi oilasida yana bir o‘g‘ilning tug‘ilishi qanday nishonlanayotgani quyidagi fotoreportajda.

Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay

 

Mavzuga oid