O‘zbekiston | 14:10 / 23.04.2018
57162
2 daqiqa o‘qiladi

FVV rahbariyatidagi o‘zgarish bo‘yicha rasmiy xabar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi Qarori bilan Abdulla Hamidullayevich Qo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida rasmiy xabar berilgan.

Abdulla Qo‘ldoshev bungacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2005−2007 yillarda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. U biroz avvalroq lavozimdan olingan polkovnik Komiljon Aripov o‘rnini egalladi.

Ayni vaqtda Qo‘ldoshev aynan kimga o‘rinbosarligi ma'lum emas — vazirlik saytida birinchi rahbar lavozimi bo‘sh turibdi.

Bundan avvalroq «Kun.uz» manbasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov vazirlikka rahbarlik qilayotgani haqida xabar qilgandi. Ammo bu ma'lumot rasman tasdiqlanmayapti.

Shuningdek, bugun vazirlik saytida ham Tursinxon Xudoyberganov vazir sifatida ko‘rsatilgandi, ammo ko‘p o‘tmay bu ma'lumot saytdan olib tashlandi.

Mavzuga oid