Tursinxon Xudoyberganovga qo‘shimcha vazifa yuklatildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini ham bajaradi.
Vazirlik vakilining «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, Xudoyberganovga vazirlik vazifasi yuklatilgan, ya'ni, u davlat maslahatchisi lavozimini tark etmagan holda, vaqtincha vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.
Shuningdek, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. U biroz avvalroq lavozimdan olingan polkovnik Komiljon Aripov o‘rnini egalladi.
Tursinxon Xudoyberganov 2010-2016 yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan, 2017 yilning yanvarida prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi. O‘shanda uning o‘rniga Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgandi. 2018 yilning fevralida Rustam Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Mavzuga oid
10:55 / 22.09.2024
Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi
17:03 / 11.09.2024
Boysundagi kondan chiqayotgan gaz yaqin kunlarda jilovlanadi - FVV
13:40 / 06.09.2024
Rossiya FVV rahbarining sobiq o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:11 / 05.09.2024