Apple butunlay shishali iPhone’ga patent oldi
Apple kompaniyasi butunlay shishali iPhone’ni yaratish uchun patent oldi. Bu haqda Patently Apple yozmoqda.
Kompaniya shishali iPhone ustida yetti yildan beri ishlamoqda, Apple’da birinchi shunga o‘xshash patent 2011 yilda paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, ham korpus, ham tuzilmaviy konstruktiv elementlar shishadan tayyorlanadi. Ularga platalar va smartfon detallari mustahkamlab qo‘yiladi. Shuningdek ma'lum bo‘lishicha, qurilma ham qattiq, ham egiluvchan ekranga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, shishadan nafaqat iPhone’ni, balki Apple boshqa qurilmalarini ham tayyorlash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi Ayzek Azimovning «Asos» ilmiy-fantastik trilogiyasi bo‘yicha teleserial suratga olishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:02 / 08.10.2024
Tadqiqot: Android foydalanuvchilarining yarmi iPhone egalari tomonidan masxaraga duch kelgan
20:57 / 07.10.2024
Apple yangi qurilmalarni har yili chiqarishni to‘xtatadi - OAV
21:11 / 05.10.2024
6 ming soxta iPhone bilan Apple kompaniyasini chuv tushirgan firibgarlar jazolandi
22:57 / 28.09.2024