G7 mamlakatlari IT-kompaniyalardan ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilmoqda
G7 mamlakatlari guruhi xavfsizlik vazirlari yirik texnologik kompaniyalar va ijtimoiy mediadan o‘z platformalari orqali ekstremizmning kengayishiga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilishmoqda. Bu haqida Kanada jamoatchilik xavfsizligi va fuqarolik himoyasi vaziri Ralf Gudeyl ma'lum qildi.
"Terrorizm G7 mamlakatlari va ularning aholisi xavfsizligiga asosiy tahdidligicha qolmoqda", - dedi u. Shuningdek vazir zamonaviy dunyo sharoitlarida davlat va xususiy sektor ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi birgalikda kurashishi kerakligini ta'kidladi. Gudeylning xabar berishicha, Facebook, Twitter, Google va Microsoft kompaniyalari vakillari uchrashuvga tashrif buyurishgan va ularning platformalardan ekstremist va terrorchilar foydalanishiga barham berish bo‘yicha qo‘llanayotgan choralar haqida so‘zlashgan. "Bu kompaniyalar ekstremizmga qarshi kurashda yanada agressivroq bo‘lishlari mumkin", - dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yettilik mamlakatlarining xavfsizlik vazirlari va IT-kompaniyalar vakillari 2017 yilda Italiyada G7 yetakchilari sammitida bunday masalalarni muhokama qilishgan. "Muayyan natijalarga erishilgan, biroq biz bundan-da yaxshi natijani ko‘rishni istaymiz", - dedi Gudeyl. G7 hukumatlari terrorchi va ekstremistlar bu kompaniyalar platformalariga kirish hamda shu tariqa ekstremistik materiallarni tarqatish va o‘z faoliyatini olib borish imkonidan mahrum qilinishini xohlayotganini ta'kidladi. Ayniqsa, odam savdosiga alohida e'tibor zarur, deb hisoblaydi vazir.
Mavzuga oid
22:26 / 24.08.2024
Respublika komissiyasi taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan 10 fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqdi
07:56 / 06.08.2024
G7 tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni yumshatishni talab qildi
09:06 / 27.07.2024
Rossiya Adliya vazirligi 55 tashkilotni «ekstremistik» deb tan oldi
08:30 / 15.06.2024