Panama va Venesuela diplomatik aloqalarni tiklashga kelishib oldi
Panama va Venesuela hukumati o‘z diplomatik missiyalarini qaytarishga qaror qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Panama rasmiy shaxslari aprel boshida Venesueladan elchilar chaqirtirib olinishi haqida ma'lum qilishgandi.
«Bu qadam Venesuelaning panamalik ko‘plab amaldorlar va kompaniyalar, jumladan prezident Xuan Karlos Varela bilan tijorat munosabatlarini to‘xtatish bo‘yicha qaroriga javob bo‘ldi. Ular go‘yoki pul yuvishda ishtirok etganlikda gumonlangandi», - deya ushbu qarorga izoh bergan mamlakat TIV.
Venesuela ham shunday qaror bilan javob qaytardi. Keyinchalik mamlakatlar o‘zaro aviaqatnovni to‘xtatib qo‘yishdi.
Ta'kidlanishicha, Panama va Venesuela hukumati diplomatik missiyani tiklashdan tashqari, aviaparvozlarni tiklash haqida ham kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Panama va Venesuela ikki tomonlama munosabatlardagi inqiroz tufayli o‘zaro aviaqatnovlarni to‘xtatgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:16 / 19.09.2024
Yevroparlament Maduroni hibsga olish uchun order berilishini talab qildi
19:59 / 15.09.2024
Venesuela AQShni mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi
14:00 / 09.09.2024
YeI Venesuelada muxolifatni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi
18:15 / 08.09.2024