KXDR va Janubiy Koreya urush yakunlanganini e'lon qilish niyatida – OAV
Shimoliy va Janubiy Koreya Koreya urushiga joriy yilda yakun yasashga kelishib oldi. Bu haqda «Kiodo» Koreya Markaziy telegraf agentligiga asosan xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘zaro sammiti yakunlari bo‘yicha tuzilgan Pxanmunjom deklaratsiyasida shu haqda so‘z yuritilgan.
Shu bilan birga, har ikki yetakchi amaldagi sulh rejimidan tinch bitimga o‘tish haqida e'lon qilishni rejalashtirmoqda.
Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi urush aslida 1950 yildan beri davom etmoqda. 1953 yilda esa vaqtinchalik sulh haqida bitim imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In va Mun Chje In o‘zaro urush bo‘lmasligiga va'da bergandi.
Mavzuga oid
12:38
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08
Janubiy Koreya kosmosni tadqiq etish uchun planetoxod yaratish loyihasini ishga tushidi
20:11 / 10.11.2024
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
18:54 / 09.11.2024