Jahon | 19:30 / 28.04.2018
7240
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon Turkiyaga Gulenning tarafdorini topshirdi 

Foto: aa.com

Turkiyada ikkita jinoiy ish bo‘yicha qidiruvga berilgan, turk muxolifatchisi Fathulla Gulenning tashkiloti (FETO) a'zosi Ozarboyjondan Turkiyaga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.    

Istanbul politsiyasining terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasida ma'lum qilinishicha, Turkiyaning Konya va Aksaroy sudlari Turkiya fuqarosi M.J.ning qo‘lga olinishi bo‘yicha qaror chiqarishgan. U FETO’ning Gruziyaning Batumi shahridagi bo‘limi yetakchilaridan biri bo‘lgan. M.J. 2017 yil aprelda Ozarboyjonga tashrif buyurganda hibsga olingan va oxirgi vaqtgacha mamlakat turmalaridan birida saqlangan. 

Interpol xodimlari M.J.ni Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportga yetkazib, uni Turkiya ichki ishlar vazirligi xodimlariga topshirishgan. U so‘roq qilingach, turmaga jo‘natilgan.   

 

Mavzuga oid