Jahon | 10:29 / 01.05.2018
4323
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: jurnalistlar o‘zining feyk xabarlariga o‘zi ishonmaydi

Foto: Yuri Gripas/Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, jurnalistlar so‘nggi vaqtlarda juda katta miqdorda ishonchsiz yangiliklarni chiqarmoqda. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Feyk Nyuz aqldan ozdi va faqat nomi oshkor etilmagan manbalardan foydalangan holda yangiliklarni chiqarmoqda. Ular butunlay taslim bo‘lish yoqasida. Prezident ma'muriyatining juda katta muvaffaqiyati shundaki, biz ularga hattoki o‘zlari ham ishonmaydigan narsalarni gapirish va qilishga majburladik. Haqiqatdan ham yomon odamlar!», - deya yozgan Tramp.

Boshqa bir tvitda esa u Oq uyning ishini ijobiy baholab, bu «jodugarlarga soxta ovga» qaramay yuz berganini aytdi.

Mavzuga oid