Bir modeldagi 148 ta qarovsiz mashina sotuvga qo‘yildi
Niderlandiyada bir modeldagi 148 ta qarovsiz mashina sotuvga qo‘yildi. Ushbu mashinalarning barchasi Citroen CX modelidagi mashinalar bo‘lib, bir-biridan modifikatsiya va texnik holati bilangina farq qiladi. Mashinalar 500 dollardan 8 ming dollargacha turadi. Ularni Van Soest Klassiekers saytida ko‘rish mumkin.
Sotuvga qo‘yilgan mashinalar orasida CX modelining turli versiyalari bor. Bu model “oxirgi haqiqiy Sitroyen” deb ham ataladi. Mashinalar orasida xetchbek, universal, g‘ildiraklar bazasi uzaytirilgan, tez tibbiy yordam va hattoki isitiluvchi o‘rindiqlarga ega, Skandinaviya davlatlari uchun maxsus yaratilgan “quvvatlangan” GTI variant ham bor.
Ba'zi mashinalar yaxshi texnik holatda saqlanib qolgan, boshqalari esa 400 ming kmdan ko‘proq yo‘l bosib qo‘ygan.
Citroen CX 1974 yildan 1991 yilgacha ishlab chiqarilgan. 1975 yilda model Yevropada “Yil avtomobili” bo‘lgan. Kompaniya hammasi bo‘lib bu modeldan 1,2 mln donaga yaqin sotgan. O‘z vaqtida bu modeldagi mashinalarga Jak Shirak, Erix Xonekker, Greys Kelli, Manuel Norega, Augusto Pinochet, Yoxan Kroyf va Karlos Santana kabi mashhur odamlar egalik qilishgan.
Mavzuga oid
20:41
Niderlandiyada muzey xodimi metall bankalar ko‘rinishidagi art-obektni tashlab yubordi
11:20 / 07.10.2024
Niderlandiya mudofaa vaziri F-16 dastlabki partiyasini Kiyevga topshirdi
23:26 / 01.10.2024
Niderlandiya o‘z flotini to‘rtta suvosti kemasi bilan to‘ldiradi
18:35 / 01.10.2024