Qoraqalpog‘istonda «90-yillar muzeyi» foydalanishga topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani «Qonliko‘l» posyolka fuqarolar yig‘ini hududida tuman hokimligi va tadbirkor T.Sadiqovlar bilan tashkillashtirilgan «90-yillar muzeyi» foydalanishga topshirildi. Bu haqda Kruz tuman hokimligiga asosan xabar bermoqda.
«90-yillar muzeyi»ning birinchi tomoshabinlari tumanning yoshi ulug‘ nuroniylari bilan ta'lim va fuqarolar yig‘inlari rahbarlari hamda mediatur jurnalistlari bo‘ldi.
Muzeydagi eksponatlar, xalqimizning mustaqillikdan avvalgi hamda keyingi davrlarda foydalanilgan elektrtexnika vositalari (televizor, kompyuter kalkulyator, magnitafon, fotoapparat, audio hamda video qurilmalar, telefonlar, avto ruchkalar va hokazo), 90-yillar pochtasi xizmatining ishga tushishi alohida qiziqish uyg‘otadi.
Mavzuga oid
00:11 / 18.08.2024
Germaniyadagi muzeydan o‘g‘irlab ketilgan 124 mln dollarlik taqinchoqlar vataniga qaytarildi
10:23 / 24.06.2024
Niderlandiyada o‘zbekistonlik 101 nafar askar xotirasiga bag‘ishlangan alohida bo‘limga ega muzey tashkil etilmoqda
08:15 / 24.06.2024
O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan 14 ta eksponat Britaniya muzeyida namoyish etiladi
23:06 / 30.05.2024