Armaniston muxolifati butun mamlakatni “falajlab qo‘ydi” (fotojamlanma)
Armaniston parlamenti mamlakatdagi norozilik namoyishlari yetakchisi Nikol Pashinyanni bosh vazir lavozimiga tasdiqlamagandan keyin, Pashinyan o‘z tarafdorlarini ommaviy norozilik namoyishlarini qayta boshlashga, yo‘llarni to‘sishga chaqirgan. Namoyishchilar magistral ko‘chalari, metro va Yerevan aeroportiga olib boruvchi yo‘llarni, butun mamlakat bo‘ylab temir yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan.
Namoyishchilardan birining aytishicha, Yerevanda yo‘llar Pashinyan buyurgandek soat 8:15dan boshlab to‘sila boshlangan.
Pashinyanning aytishicha, namoyishchilarga ko‘plab maktab va universitetlar jamoalari qo‘shilgan.
Faollar yo‘llarni to‘sish uchun yuk mashinalari, chiqindi baklari, o‘rindiqlardan foydalanishgan. Butun mamlakat bo‘ylab temir yo‘l qatnovi to‘xtagan.
Mavzuga oid
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:12 / 13.09.2024
Lukashenko Qorabog‘ atrofidagi voqealarda Armaniston rahbariyatini aybladi
00:10 / 10.09.2024
Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshladi
21:15 / 03.09.2024