«Qishloq qurilish invest» tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi bekor qilindi
«Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi MChJ pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida ma'lum qilingan.
Qonun hujjatlariga muvofiq «Qishloq qurilish invest» IK MChJ bilan shartnoma tuzgan yordamchi pudratchi tashkilotlar, qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar 2017 yilning 1 yanvarigacha ayrim turdagi soliqlardan ozod etilgan edi.
Imtiyozlar berilishi muddati tugaganligi sababli, «Qishloq qurilish invest» IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi bekor bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:28 / 05.08.2020
Oqoltindagi qurilish ishlarida 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi
20:30 / 20.11.2019
Qishloqlardagi namunaviy uylar qachongacha malakasiz quruvchilar tomonidan quriladi? Vazir o‘rinbosari izoh berdi
10:14 / 29.10.2019
«Qishloq qurilish invest» injiring kompaniyasi xususiy sektorga o‘tkaziladi
11:31 / 03.10.2019