Jahon | 21:15 / 07.05.2018
13408
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoylik teleboshlovchiga 13,5 mln dollarlik jarima solindi
Xitoy mutasaddi idoralari fond birjalari haqidagi ommaviy ko‘rsatuv boshlovchisi Lyao Intsyanni bozordagi firibgarliklari uchun 13,56 mln dollarlik jarimaga tortdi. Bu haqda Xitoyning qimmatbaho qog‘ozlar ustidan nazorat qo‘mitasi ma'lum qildi.
Teleboshlovchi Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali 2015 yil martidan noyabrigacha obunachilariga unga maqbul aksiyalarni sotib olishni tavsiya qilgan. Aktsiyalar narxi oshganda u o‘z aksiyalarini sotuvga qo‘ygan va shu tariqa daromad olgan.
Qo‘mita Intsyanning 6,7 mln dollar miqdoridagi noqonuniy daromadini mudosara qilgan. Teleboshlovchiga boshqa yana qandaydir jazo berilishi noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
09:31 / 10.10.2024
Rossiyalik sobiq teleboshlovchi Farida Qurbongaleyeva xalqaro qidiruvga berildi
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023