Armaniston hukmron partiyasi muxolifatga o‘tishi haqida ma'lum qildi
Armaniston parlamenti vitse-spikeri va parlamentda ko‘pchilik mandatga ega bo‘lgan Armaniston Respublika partiyasi ijroiya organi a'zosi Eduard Sharmazanov mamlakat yangi bosh vaziri Nikol Pashinyanning hukumatiga kirmaydi hamda muxolifatga o‘tadi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar bergan.
«Partiya vakillari hukumatga kirmaydi. Biz mafkura, prinsiplarga ega partiyamiz hamda muxolif bo‘lganimiz holda, hukumatga kira olmaymiz. Biz Qorabog‘, Armaniston farovonligi, mamlakatning milliy va davlat manfaatlari uchun ishlashda davom etamiz», - deya ma'lum qildi Sharmazanov.
Avvalroq, muxolif siyosatchi, «Grajdanskiy dogovor» partiyasi va «Yelk» fraksiyasi a'zosi Nikol Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib saylangandi.
Bundan tashqari, Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Nikol Pashinyan jamoatchilik fikrini juda nozik tushunuvchi iste'dodli siyosiy arbob ekani, biroq, u mamlakat rivoji uchun o‘z mas'uliyati darajasini tushunishi kerakligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
20:33 / 18.09.2024