“Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi parlamentga kiritildi
Shu kunlarda parlament quyi palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida birinchi o‘qishda kontseptual ko‘rib chiqish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Qayd etish joiz, mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga kiritilgan, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari Akmal Rahmonovning ma'lum qilishicha, ushbu qonun loyihasi ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari ekstremistik harakatlardan shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlash, konstitutsiyaviy tuzumni va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlash hisoblanadi.
Qonun loyihasida “ekstremistik faoliyat” (“ekstremizm”), “ekstremist”, “ekstremizmni moliyalashtirish”, “ekstremistik material” tushunchalariga aniq ta'rif berish, ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilmoqda. Ekstremizmga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi va amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlarini belgilab berish nazarda tutilyapti.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda ekstremistik harakatlar uchun jinoiy-huquqiy javobgarlik choralari nazarda tutilgan AQSh, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya kabi ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi har tomonlama tahlil qilingan, shuningdek, ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida maxsus qonunlar qabul qilingan Moldova, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning qonunchiligi qiyosiy o‘rganilgan.
Mavzuga oid
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
19:06 / 29.10.2024
Gurjistonda ommaviy norozilik ortidan saylovdagi ovozlar qayta sanaladi
11:10 / 28.10.2024