Jahon | 07:48 / 08.05.2018
30959
1 daqiqa o‘qiladi

«Kortej» ishlab chiquvchilari Putinning limuzini ustidagi ish haqida aytib berishdi

Foto: Sergey Savostyanov/RIA «Novosti»

Rossiya prezidentining «Kortej» limuzini ishlab chiquvchilari loyiha ustidagi ish haqida aytib berishdi. Ularning ta'kidlashicha, dunyoda bu avtomobilga o‘xshash boshqa mashina yo‘qdir. Bu haqda «Izvestiya» xabar qilmoqda.

«Yagona model loyiha» loyihasi bosh dizayneri Yuriy Chernenkoning ta'kidlashicha, avvaliga futuristik obrazlarga e'tibor qaratilgan, biroq keyinchalik loyihachilar «yerga tushishga» qaror qilishdi.

«Bizning mashina gibridli, demak, bortda yuqori voltli elektr tizim bor. Masalan, konditsionerlash tizimi kompressori aksariyat dvigatellardagi kabi tasma bilan emas, balki yuqori voltli tarmoqdan harakatga keladi», - deya ma'lum qildi Chernenko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin inauguratsiyaga "Kortej" loyihasidan bo‘lgan yangi avtomobilda kelgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid