"ROZMETOV" – yil brendi
4 may kuni Toshkentda, ADWEEK marketing va reklama haftasi doirasida, «2017 yil brendi» bo‘yicha tantanali mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirdan ko‘zda tutilgan maqsadlardan biri marketologlar ishlarining eng yaxshisini belgilash va mamlakatimizning muvaffaqiyatli brendlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Brendlarni 114 nafar kishidan iborat ekspertlar guruhi farmatsevtika, sharbat va nektarlar, telekommunikatsiya, kolbasa ishlab chiqarish kabi biznes yo‘nalishlari bo‘yicha baholadi.
Biz “ROZMETOV ZM” MChJ kolbasa zavodining ijrochi direktori Rozmetov Zafardan intervyu olishga muvaffaq bo‘ldik, uning kompaniyasi kolbasa ishlab chiqarishi yo‘nalishidagi «Eng yaxshi savdo markasi 2017» va «Eng yaxshi marketing ilgari surishi 2017» nominatsiyalarida g‘olib deb topildi:
-Assalomu alaykum Zafar, Sizni yangi g‘alabalar bilan tabriklaymiz!
- Tashakkur, bu biz va jamoamiz uchun juda katta hurmatdir!
-Siz shunday yuqori bahoni kutganmidingiz, axir Siz birdaniga ikkita mukofotga sazovor bo‘ldingiz?
- Marketing va reklama sohasidagi ekspertlar tomonidan berilgan baho biz uchun g‘oyat muhim, 2017 yil yakunlari bo‘yicha bizni topib, taqdirlashgani juda yoqimli, biroq eng aziz va yuqori baho bu bizning iste'molchilarimiz tomonidan beriladigan baho hisoblanadi, ular kundan kunga bizning brendimizni ko‘proq ma'qul ko‘rishmoqda.
-Iste'molchiga o‘tadigan bo‘lsak, Siz qanday qilib xalqning muhabbatiga erishgansiz va uni ushlab turibsiz?
- Retsepti judayam oddiy, biz mahsulot ishlab chiqarishiga xuddi o‘zimiz iste'mol qilish uchun ishlab chiqargandek munosabatda bo‘lamiz. Eng yaxshi, eng yangi va tekshirilgan masalliqlardan foydalanamiz. Axir bizning shiorimiz: oilamizdan oilangizga.
Shuningdek, biz bir joyda turmaymiz va doimo assortimentni kengaytirib boramiz, masalan, 2017 yilda 5 ta yangi delikateslarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, Siz ularni nonushtaga ham, mehmonlarni kutib olishda ham ishlatishingiz mumkin. Bular “Myasnoy rulet”, “Zolotoy slitok” kurka go‘shti, “Myasnoy sunduk”, presslangan go‘sht va “Zolotoy rulet”.
-Hammasi rosa mazali bo‘lsa kerak, gapingizga ishonamiz! 2018 yilda ROZMETOV kompaniyasidan nimani kutsa bo‘ladi?
- Kompaniyamizning 2018 yilga rejalari talaygina, hozircha barchasini ochiq aytolmayman, biroq iste'molchilarni ko‘p sovg‘alar kutmoqda.
- Ha oxirgi savol, O‘zbekiston kolbasa bozoridagi kuchli raqobat sharoitida kurash uchun, o‘z o‘rningizni ushlab turish uchun kuch va g‘ayratni qayerdan olasizlar?
- Bizga birinchi navbatda iste'molchilarimiz, ularning ijobiy taklif va fikrlari, kompaniyamiz hayotida qatnashish istaklari yordam beradi, biz iste'molchilar o‘rtasida tez-tez yopiq testlar o‘tkazib turamiz, ular bizni yangi retseptlar, yangi mahsulotlarga ilhomlantiradi.
Ikkinchidan, bizning ahil jamoamiz, biz hammamiz katta bir oilamiz.
Va albatta, tajriba almashish: texnologlarimiz doimiy ravishda yevropalik hamkasblari bilan tajriba almashib turishadi. Yaqin kunlarda Rozmetov kompaniyasi texnologlari Ispaniyaga saboq olish uchun uchib ketishadi. Albatta kolbasaning yangi retseptlari paydo bo‘ladi.
-Bu juda zo‘r-ku! Zafar, bizga vaqt ajratganingiz uchun Sizga rahmat, omad tilaymiz!
-Sizga ham rahmat! Yaxshi qoling!
Reklama huquqi asosida