Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifi aniq sanasi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – AQSh hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Vashingtonda davlat rahbari, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat prezidentlari "O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi" deb nomlangan Qo‘shma bayonotni imzolashi, turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamining qabul qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQShga rasmiy tashrif bilan borishi xabar berilgandi. Kun.uz axborot manbasining ma'lumot berishicha, aprel oyida O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashuvda joriy yildagi turli darajada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–AQSh uchrashuvlari muddatlari, jumladan, may oyida O‘zbekiston rahbarining Amerikaga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham muhokama qilgan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024