Jamiyat | 18:50 / 12.05.2018
7386
3 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanida “Yorqin nigoh”  ko‘z kasalliklari innovatsion kabineti ochildi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Zangiota tumani – O‘zbekiston Respublikasida fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni an'anaviy va xalqaro tajribalar asosida amalga  tatbiq etish innovatsion maydoni” innovatsion loyihasi doirasida “Ko‘z kasalliklarini davolashda  innovatsion  yondashuv” mavzusida 2-Xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanining markaziy poliklinikasida 3 oylik dastur asosida qishloq aholisi uchun  tashxis qo‘yish va ko‘z kasalliklarini davolashda  “Yorqin nigoh”  ko‘z kasalliklari innovatsion kabinetining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

“Zangiota tumani – O‘zbekiston Respublikasida fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni an'anaviy va xalqaro tajribalar asosida amalga  tatbiq etish innovatsion maydoni” innovatsion loyihasi  Zangiota tumani hokimligi,  “Sharq ayoli”  Xalqaro ayollar jamoat fondi hamkorligida amalga oshirilmoqda. 

Bugungi kungacha ushbu loyiha asosida Yevgeniy Primakov boshchiligidagi “Rus gumanitar missiyasi” avtonom notijorat tashkiloti mablag‘i hamda “Sharq ayoli” Xalqaro ayollar jamoatchilik fondini qo‘llab quvvatlashi  natijasida Zangiota tumani innovatsion maydonida qator yirik ishlar amalga oshirildi.

Zangiota tuman aholisi uchun  3 oylik tibbiy ko‘rik dasturi  amalga oshirildi. Buning natijasida aholiga beg‘araz 5 mingta test 11 ta ko‘rsatkich asosida “Biosensoran” Rossiya kompaniyasi tomonidan berildi.

    

Shu loyiha doirasida 16-sonli qishloq vrachlik punktiga foydalanish uchun 3 oy davomida EKG apparati berildi.

11 may kuni navbatdagi yangi ko‘z kasalliklari kabinetining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. 3 oy davomida tuman aholisi ko‘z kasalliklariga aniq tashxis qo‘yish va uni davolashda dunyodagi eng ilg‘or va zamonaviy jihozlardan foydalanadi.

 

Mavzuga oid