G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 59 kishiga yetdi
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma'lum qilishlaricha, G‘azo sektorida Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 59 kishiga yetdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Idoradan qo‘shimcha qilishlaricha, halok bo‘lganlar orasida 8 oylik qizaloq ham bor, u gazdan zaharlangani tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Avvalroq, 14 may kungi to‘qnashuvlar oqibatida 52 falastinlik halok bo‘lgani va taxminan 2,4 ming kishi jarohat olgani xabar berilgandi.
G‘azo sektorida ommaviy norozilik namoyishlari mart oxiridan beri davom etib kelmoqda va 14 may kuni AQShning Al-Qudsda elchixonasi ochilishi sababli yangi kuch bilan avj olib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Isroil va Turkiyadagi elchixonalarining qo‘riqlash xizmatini kuchaytirishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:04 / 21.09.2024
Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024