Jahon | 21:30 / 15.05.2018
14129
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni AQShning Al-Qudsdagi elchixonasini tan olmasligini ma'lum qildi 

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Saudiya Arabistoni hukumati AQShning Tel-Avivdagi elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishini “falastinliklar huquqlarining jiddiy poymol qilinishi” deb atadi va elchixonani tan olishdan bosh tortdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni yangiliklar agentligi qirol Salmon boshchiligidagi yig‘ilish natijalariga ko‘ra ma'lum qildi. 

“Hukumat AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishini tan olishdan bosh tortishini bildiradi va bu qadam falastinliklarning Al-Qudsga tarixiy huquqlarining jiddiy poymol qilinishi ekanligini ta'kidlaydi”, deb aytilgan xabarda. Saudiya Arabistoni hukumati AQSh ma'muriyatining bu qadamini “butun dunyodagi musulmonlar nafsoniyatiga teguvchi, tinchlik jarayonini ilgari surishdagi katta ortga ketish” deb baholagan. 

Mavzuga oid