Amazon Google’ga raqobatchi bo‘lmoqchi
Amazon yangi vositani sinovdan o‘tkazmoqda, uning yordamida maydoncha sotuvchilari o‘z tovarlari reklamasini boshqa saytlarda joylashtirishi mumkin. Sinovda kompaniyaning tanlab olingan hamkorlari qatnashyapti, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga asosan.
Kompaniya sotuvchilarga reklama slotlarini boshqa saytlar va ilovalarda sotib olishni taklif etmoqda, shu tariqa qamrab olish ham ortadi. Tizim Amazon’da reklama beruvchilarning ko‘rilgan tovarlari haqidagi ma'lumotni foydalanuvchilarga taqdim etadi. Sotuvchilar foydalanuvchi reklamaga bosgandagina pul oladi.
Yangi reklama vositasi Amazon’ga o‘z daromadini reklama sotuvi orqali oshirish imkonini beradi, deb yozmoqda Bloomberg. Hozirda kompaniya maydonchadagi har bir sotuvdan tushgan komissiya va logistika xizmatlaridan pul topmoqda. Shuningdek, Amazon sotuvchilarga o‘z saytida reklama va tovarlarni qidiruv natijalari bo‘yicha ilgari surish xizmatlarini taklif etmoqda.
Amazon shunday bozorga chiqmoqdaki, bu yerda Google va Fransiyaning Criteo SA kabi marketing firmalari milliardlab dollar ishlab topmoqda, deya yozadi Bloomberg. eMarketer tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Amazon reklamadan 1,7 mlrd dollar ishlab topdi. Taqqoslash uchun, reklama daromadining asosiy manbai bo‘lgan Google, 2017 yilda bundan 95 mlrd dollar ishlab topdi.
Mavzuga oid
22:30 / 04.10.2024
YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi
00:48 / 26.09.2024
Google Yevrokomissiyaga Microsoftʼning raqobatga zid bulutli amaliyoti ustidan shikoyat kiritdi
22:21 / 18.09.2024
Yevropa Ittifoqi sudi Google’ga belgilangan 1,5 mlrd yevrolik jarimani bekor qildi
23:26 / 17.09.2024