Elektron raqamli imzo kalitini berish tartibi soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanali xabar berdi.
Mazkur Reglament bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish uchun to‘lovlari va davlat xizmatini ko‘rsatish muddatlari qisqartirildi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarining o‘quvchilariga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish davlat xizmatining muddati 3 ish soatidan 40 minutga qisqartirildi.
Bundan tashqari, murojaat etuvchilar Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish yuzasidan tuman (shahar) davlat xizmati markazlariga o‘zi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
18:28 / 26.09.2024
Pensiya tizimi isloh qilinadi
09:44 / 07.09.2024