O‘zbekiston | 21:26 / 19.05.2018
25113
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi videoselektor boshlandi

Andijon viloyatining Ulug‘nor tumani hokimligi binosida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollarining videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Viloyatning boshqa tumanlariga nisbatan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolda bo‘lgan Ulug‘nor tumanida o‘tayotgan yig‘ilishda respublikadan kelgan vazirlik, tashkilot va idora mutasaddilari, viloyat mas'ullari ishtirok etmoqda. Andijon shahri va tumanlar hokimligi binolarida ham to‘plangan faollar videoselektorni kuzatib bormoqda.

“Bunday katta marralarga erishishni iqtisodiyotimiz ko‘tarmaydi. Biz 1,5 yil ichida sizlar bilan birga juda katta marralar oldik. U marralar niyatlarimiz, hali. Lekin buni amalga oshirish... Tasavvur qiling-a, bolani uch yoshidan oliygohgacha tarbiya beraylik, u salohiyatli bo‘ladi. Unga bitta narsani berish kerak: bilim va vatanparvarlik. Tamom! Boshqa narsa kerak emas. Ming afsus, o‘tgan yillarda na bilim, na vatanparvarlik bera oldik”, deydi davlat rahbari nutq boshlarkan.

Davlat rahbari viloyat faollari bilan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida o‘tayotgan vaqt g‘animat ekani, bularni barchasini hisobga olib, mehnat qilish zarurligini ta'kidladi. Videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Mavzuga oid