O‘zbekiston | 17:34 / 19.05.2018
43165
4 daqiqa o‘qiladi

Endi STIRni DXMdan olish mumkin

Foto: Prezident matbuot xizmati

2018 yil 1 iyundan Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari (DXM) tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari yana 31taga ko‘payadi, deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Bular: 

tug‘ilganlikni qayd etish; o‘limni qayd etish; FHDYo organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish, takroriy guvohnomalar berish; fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini tiklash; fuqarolik holati dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish; 

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish; 

notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish; sudlanganlik haqida ma'lumotnoma berish; 

manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etish; xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma; mehnat organlarida fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish; ishsizlik nafaqasini tayinlash; haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish uchun ariza berish; 

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish;

veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish; turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish; 

jismoniy shaxs – soliq to‘lovchining soliq va boshqa to‘lovlardan qarzi yo‘qligi (borligi) haqida ma'lumotnoma berish; jismoniy shaxslarga STIR berish; 

noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obektlari bo‘yicha kadastr xizmatini ko‘rsatish; turar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obektlari bo‘yicha kadastr xizmatini ko‘rsatish; 

fuqarolarning nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berish; xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish); 

elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini o‘rnatishga ariza berish; elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni yechishga ariza berish;

elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni qiyoslashga ariza berish;

fuqarolarga farzand tug‘ilganda to‘lanadigan bir marotabalik nafaqa pulini olish uchun murojaat qilish; 

dafn marosimlarini o‘tkazish uchun to‘lanadigan bir marotabalik nafaqa pulini olish uchun murojaat qilish;

pensiya va nafaqa oluvchilari ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berish; pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma'lumotnoma berish;

milliy haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini berish.
 
Hozirgi kunda haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini berish yoki almashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish Toshkent shahrining Mirobod, Yunusobod, Uchtepa, Shayxontohur tumanlari va Namangan shahar Davlat xizmatlari markazlarida joriy etilgan. 

2018 yil 1 iyundan e'tiboran Nukus, Andijon, Termiz, Kogon, Zarafshon, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Do‘stlik, Pastdarg‘om, Sirdaryo, Chirchiq, Xonqa tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida ham mazkur davlat xizmati ko‘rsatiladi. 

Mavzuga oid