O‘zbekiston | 13:00 / 21.05.2018
81725
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning Andijonga safari: Asosiy gaplar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-20 may kunlari Andijon viloyatida bo‘ldi.

Tashrif doirasida 19 may kuni Ulug‘nor tumanida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Quyida ushbu yig‘ilishda prezident tomonidan aytilgan eng asosiy jumlalar keltiriladi.

Prezident viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov faoliyatiga yuqori baho berdi va uning hokimligi Andijon xalqining baxti ekanini aytdi.

Yig‘ilishda sobiq bosh prokuror, Jinoyat Kodeksining 165, 205 va 210 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan Rashid Qodirov yana bir bor tilga olib o‘tildi. 

Prezident Rashid Qodirovning qilmishlaridan boxabar bo‘lgan holda Milliy xavfsizlik xizmati bunga ko‘z yumgani, demakki unga sherik bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.

MXX o‘rnida tashkil etilgan Davlat xavfsizlik xizmati haqida iliq fikrlar bildirildi. Ma'lum qilinishicha, DXX xodimlarining maoshlari oshiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqi davomida ishsizlik va o‘zini qiynayotgan tashvish, xorijda ishlayotgan mehnat muhojirlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev sobiq amaldorlarning lavozimga qaytarilishini o‘ziga xos tarzda izohladi.

Prezident Asakadagi birgina mashina zavodi ishsizlikni hal qilib bera olmasligi to‘g‘risida gapira turib, bu zavoddan 10tasini qurish kerakligi, raqobat muhiti hosil qilish kerakligi, aks holda bu zavoddan foyda yo‘qligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev nega O‘zbekiston uchun AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash zarurligini tushuntirdi.

Prezident ta'lim sohasi og‘ir ahvolga tushgani, avvalgi o‘qituvchilar qolmagani, iqtisodiyot ko‘tarsa, birinchi navbatda o‘qituvchilarning maoshini oshirgan bo‘lishi haqida kuyunib gapirdi.

Mavzuga oid