F-35 samolyoti ilk bor jangda qo‘llandi
Isroil 5-avloddagi F-35 Lightning II qiruvchi samolyotlarini harbiy harakatlarda qo‘llagan ilk davlat bo‘ldi. Bu haqda Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
«Biz F-35 samolyotlarini hujum maqsadidagi harbiy harakatlarda qo‘llagan ilk davlat bo‘ldik», — degan Isroil harbiy-havo kuchlari bosh qo‘mondoni Amik Norkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat «ikki turli frontlar»da kuzatilgan. Norkin F-35 Lightning II samolyotlari bundan keyin Yaqin Sharqdagi amaliyotlarda doimiy ravishda ishtirok etishini qo‘shimcha qilgan.
Isroil AQShga 50ta F-35A Lightning II qiruvchi samolyotlari buyurtma qilgandi. 2016 yildan boshlab ushbu samolyotlar yetkazib berishi boshlangan.
F-35 Lightning II samolyoti F-22 Raptor’dan keyin beshinchi avlodga mansub ikkinchi seriyali qiruvchi hisoblanadi. F-35 ni yaratish bo‘yicha dastur AQShga qariyb 500 milliard dollarga tushgan.
Mavzuga oid
22:07 / 27.09.2024
Isroil Bayrutdagi «Hizbulloh» qarorgohiga zarba berdi
16:36 / 27.09.2024
Yaqin Sharq katta urush ostonasidami?
20:47 / 26.09.2024
AQSh va ittifoqchilar Isroil va «Hizbulloh»ni urushni to‘xtatishga chaqirdi. Netanyahu zarba yo‘llashda davom etishni buyurdi
12:03 / 26.09.2024