Sport | 22:20 / 23.05.2018
4271
1 daqiqa o‘qiladi

Mauritsio Sarri «Napoli»ni tark etdi

Foto: LaPresse

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis bosh murabbiy Mauritsio Sarri iste'fosini e'lon qildi.

«Mauritsio Sarriga «Napoli» klubidagi mehnati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiraman. U yaratgan o‘yin uslubi barchani hayratda qoldirdi. Bravo, Mauritsio!», – deb yozdi De Laurentis tvitter sahifasida.

Avvalroq, Sarri «Zenit» klubida ish boshlashi, «Napoli»ni esa Karlo Anchelotti boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid