Xitoyda O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish etildi
Xitoyning Urumchi shahrida O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Ukraina va Belarus kabi qator davlatlarning turizm sohasi vakillari ishtirokida "Ipak yo‘lida turizm - 2018" seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar doirasida Xitoy va Ipak yo‘lidagi mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, turizm sohasini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, "Bir kamar - bir yo‘l" dasturi doirasida xalqaro turizm bozorini rivojlantirish istiqbollari kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Urumchi shahridagi yirik turizm kompaniyalari vakillari uchun ishtirokchi davlatlar delegatsiyalarining targ‘iboti tashkil etildi. Shu qatorda O‘zbekistonning turizm salohiyati, so‘nggi vaqtlarda olib borilayotgan islohotlar, jumladan viza tizimini takomillashtirish, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar va turizm infratuzilmasini yaxshilashga doir ma'lumotlar taqdim etildi.
Seminar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari Shanxayning turizm bo‘yicha eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan CITS GROUP SHANGHAI CO., LTD bosh direktori janob Lu Jun bilan uchrashishdi. Tadbir davomida O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etildi, o‘zaroq hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi, shu bilan birga xitoy tilidagi targ‘ibot materiallari taqdim etildi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, xitoyliklar O‘zbekistondagi turoperatorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olishdi.
Mavzuga oid
13:39
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda qo‘shma turistik yo‘nalish yaratilishi mumkin
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024