Sport | 23:16 / 26.05.2018
12097
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionshipdan APLga chiqqan uchinchi jamoa aniqlandi

Angliyada Premer-liga yo‘llanmasi uchun pley-off bahslari finali o‘tkazildi.

Unda «Fulhem» va «Aston Villa» bellashdi. «Uembli»da o‘tgan o‘yin taqdirini «Fulhem» himoyachisi Tomas Kerni tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. «Fulhem» 70-daqiqada Odoi qizil kartochka olib maydonni tark etishidan keyin o‘yinning qolgan qismida bir kishi kam bo‘lib harakat qilsada, g‘alabani saqlab qoldi.

Natijada, 4 yillik tanaffusdan so‘ng, «Fulhem» chempionshipning uchinchi jamoasi sifatida APLga qaytdi. «Aston Villa» esa Chempionshipda qoldi.

Chempionship
APL yo‘llanmasi uchun pley-off
Final

26 may, «Uembli» stadioni
Aston Villa – Fulhem 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 23 Kerni.
Aston Villa – Jonston, Terri, Chester, Hatton, Al-Muhammadiy (Kodjia, 77), Hurixeyn (Hogan, 82), Yedinak (Onoma, 77), Grilish, Snodgrass, Adoma, Grebben.
Fulhem – Bettinelli, Sessenon, Rim, Odoi, Frederiks (Kristi, 83), Kerni, Makdonald, Yuxansen (Norvud, 72), Targett, Kamara (Kalas, 77), Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Chester (8), Odoi (38), Grilish (63), Yedinak (76), Kamara (77), Xatton (86).
Chetlatish: Odoi (70).

Mavzuga oid